Konstitutsiya – milliy taraqqiyotimiz ko‘zgusi

07.12.2021, 15:19

Konstitutsiya – milliy taraqqiyotimiz ko‘zgusi

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashida, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi deputatlik guruhi a’zolari, partiya Yoshlar qanoti faollari ishtirokida “Konstitutsiya – milliy taraqqiyotimiz ko‘zgusi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Qayd etildiki, Konstitutsiyamizda mamlakatimizda istiqomat qilayotgan millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, barcha fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlangan.

Tadbirda yoshlarning ongi va qalbida Konstitutsiyamizga hurmat, Vatan taqdiriga daxldorlik, mas’uliyat hissini yanada kuchaytirish masalalari xususida o‘zaro fikr almashildi. Ana shu g‘oyalarni yoshlarimizga singdirish barobarida ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish har birimizning burchimiz bo‘lmog‘i lozimligi alohida qayd etildi.

Shuningdek, Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, uning demokratik-huquqiy davlat barpo etish va inson manfaatlarini ta’minlashdagi ahamiyati, Bosh Qomusimizning xalqchilligi, xalqaro huquq normalariga mosligi haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Tadbir davomida yaqinda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida faol ishtirok etgan  partiya Yoshlar qanoti faollariga partiyaning tashakkurnomalari va estalik sovg‘alari topshirildi.

Nasiba Mo‘minova,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    140
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+