Konstitutsiya – huquq va erkinligimiz kafolati

07.12.2021, 15:24

Konstitutsiya – huquq va erkinligimiz kafolati

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda. Mustaqil taraqqiyot yillarida Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, O’zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu tantanali bayram bugun Respublikamiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi va O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamkorlikda sana munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir avvalida partiyaga a’zo bo‘lgan bir guruh talabalarga tantanali ravishda partiya guvohnomasi va esdalik sovg‘alar topshirildi. So‘ngra, ishtirokchilarga Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, uning demokratik huquqiy davlat barpo etish va inson manfaatlarini ta’minlashdagi ahamiyati, Bosh qomusimizning xalqchilligi, xalqaro huquq normalariga mosligi haqida atroflicha ma’lumot berildi. “Konstitutsiya – huquq va erkinliklarimiz, farovonligimiz kafolati”, “O’zbekiston Konstitutsiyasi – barqaror Konstitutsiya” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining talabalari tomonidan tayyorlagan konsert dasturiga ulanib ketdi.

  • Ko'rildi
    4921
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+