O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” qashqadaryolik 10 nafar huquq bilimdonini rag‘batlantirdi

09.12.2021, 15:46

O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” qashqadaryolik 10 nafar huquq bilimdonini rag‘batlantirdi

29 yildirki, Bosh Qomusimiz yurtimiz Mustaqilligi, erkinligi va taraqqiyotiga mayoq bo‘lib xizmat qilmoqda. Ana shu qutlug‘ sana munosabati bilan joylarda ko‘plab tadbirlar tashkil etilmoqda. O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan Qarshi muhandislik -iqtisodiyot instituti talabalari ishtirokida o‘tkazilgan bayramona dastur hamda bilimdonlar bellashuvi ham Konstitutsiya bayramiga bag‘ishlandi.

Tadbirda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori Orifjon Bozorov, O’zLiDeP viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari - apparat rahbari Arziqul Sherov va boshqalar so‘zga chiqib, Konstitutsiyamizning hayotimizda tutgan o‘rni va mamlakatimiz taraqqiyotidagi yuksalishlar haqida so‘z yuritishdi.

Partiyaning viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” tomonidan Konstitutsiya moddalri, amaldagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida bilimdonlar bellashuvi o‘tkazildi. Unda ikki jamoaga bo‘lingan 10 nafar bilimdon yigit-qiz bahs olib borishdi.

Uchrashuv so‘ngida g‘olib sovrindolar partiya tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

 O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    672
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+