Xatirchilik tadbirkorlarni ruhlantirgan murojaat

23.02.2018, 15:40

Xatirchilik tadbirkorlarni ruhlantirgan murojaat

O‘zLiDeP tashabbusi bilan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturida belgilangan keng qamrovli ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Prezident g‘oyalari bilan kelajak sari” shiori ostida “O‘zbekiston faol tadbirkorlari anjumani” bo‘lib o‘tgan edi. Shu kunlarda barcha hududlarda mazkur anjuman doirasida qabul qilingan “O‘zbekiston faol tadbirkorlariga murojaati”ning mazmun-mohiyati tadbirkorlarga keng targ‘ib qilinmoqda.

O‘zLiDeP Xatirchi tuman kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ushbu murojaatning mazmun-mohiyati tadbirkor va ishbilarmonlarga tushuntirildi.

Tadbir davomida “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalar tadbirkorlar tomonidan atroflicha o‘rganildi, galdagi vazifalar belgilab olindi.

– Davlat dasturi mamlakat rivojlanishining muhim asoslaridan biri sifatida aynan faol tadbirkorlikni riojlantirishga urg‘u berilayotgani tadbirkorlar, shu bilan birga mamlakat siyosiy maydonidan ular nomidan faoliyat olib borayotgan partiyamiz uchun ham juda katta mas’uliyat yuklaydi, – deydi “G‘ofirjon Abduqodirov” fermer xo‘jaligi raisi Sanoat O‘rinova. – Shu bois, ayni chog‘da Davlat dasturining har bir yo‘nalishi ijrosini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Aytish joiz, Dasturda belgilangan vazifalarning to‘liq amalga oshishi mamlakatni yanada rivojlantirish barobarida, tadbirkor va fermerlar uchun keng imkoniyatlar yaratishi shubhasiz.

Tadbirda hududdagi tadbirkorlik va investitsion muhitni muntazam tahlil qilish, ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish yuzasidan galdagi vazifalar belgilab olindi.

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1250
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+