Nuriston shaharchasidagi 22 nafar nogironligi bor fuqaroga muruvvat ko‘rsatildi

13.12.2021, 11:52

Nuriston shaharchasidagi 22 nafar nogironligi bor fuqaroga muruvvat ko‘rsatildi

Nishon tumani Nuriston shaharchasidagi Kimyogarlar MFYda  O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan “Mehr-muruvvatli bo‘laylik” shiori ostida xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Unda mehr-muruvvatga, saxovatga mushtoq fuqarolarga Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan sovg‘a salomlar ulashildi. Eng muhimi, mamlakatimizda har bir fuqaroga mehr-oqibat ko‘rsatilishi, ular hech qachon be’etibor qoldirilmasligini shu kuni ular aniq-tiniq his qildilar.

-Mahallamizda 5 ming nafarga yaqin fuqrpo istiqomat qiladi,- deydi Kimyogarlar MFY raisi Gulsum Xurramova.- Quvonarlisi, mahallamizda birorta fuqaro e’tibordan chetda emas. Ayniqsa, ishsiz va hunarsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga jalb qilish, daromad topishi, ro‘zg‘orini but  qilishi yo‘lida katta say-harakatlar olib borayapmiz.

Xayriya tadbirida kuy-qo‘shiqlar raqslarga ulanib ketdi.

Gulbahor To‘rayeva,

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

“Ayollar qanoti” bo‘limi boshlig‘i

  • Ko'rildi
    498
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+