Deputatlar mahallalardagi muammolarni ijobiy hal qildi

13.12.2021, 11:54

Deputatlar mahallalardagi muammolarni ijobiy hal qildi

Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov va G’iyosiddin Babaxanovlar tashabbusi bilan aholi farovonligini yaxshilash, mavjud muammolarni hal etish va mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Deputatlar tomonidan birgina noyabr oyining o‘zida Chinor va Sohibkor mahallalaridagi bir qator muammolarga ijobiy yechimi topildi.

Xalq vakillarining yo‘l qurilishi va elektr ta’minoti korxonalariga yuborilgan deputatlik so‘rovi ijrosi ta’minlanib, Chinor va Sohibkor mahallalari hududidagi 3 kilometr ichki ko‘chalar asfaltlandi, 630 kv.kuchlanishga ega yangi transformator va temir beton tayanchlari o‘rnatildi.

Bu kabi bunyodkorlik va ta’mirlash ishlari aholi yashash sharoitlarini yanada yaxshilash va yurt farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

  • Ko'rildi
    356
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+