Bandixonlik ishsiz fuqarolarga issiqxona faoliyati bo‘yicha master klass tashkil qilindi
13.12.2021, 11:55

Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabat bilan O’zLiDeP Bandixon tuman Kengashi vakillari va partiya faoli tadbirkor B.O’roqov bilan birgalikda master klass o‘tkazdi.
Aytish kerakki, tumanning "Bektepa" mahallasida issiqona xo‘jaligi rivojlangan. Mahalla aholisi tomorqasidan unumli foydalanib, yaxshi daromad olmoqda. Ular orasida tadbirkor B.O’roqov ham bor. U o‘zining issiqxonasida yetishtirayotgan sabzavotdan yiliga 40 million so‘mgacha daromad olib, kam-ko‘stini to‘ldirayotgani bor gap.
Master-klasda tadbirkor bulg‘or qalampirini issiqxonada qanday yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tdi. Shuningdek, shu kunning o‘zida 4 ming dona bulg‘or qalampirini ekish aksiyasini ham o‘tkazdi.
Bunday tadbirlar uyda ishsiz o‘tirgan odamlar uchun foydali bo‘lishi shubhasiz. Chunki, inson eshitganiga emas, ko‘rganiga ishongani kabi o‘z tomorqasidan unumli foydalanish va issiqxona qurib, daromad olish mumkinligiga ishonadi. Shunga qarab harakat ham qiladi.
O'xshash yangiliklar
-
Deputatlik eshituvi: Sirdaryoda 1482 nafar turli yoshdagi ishsiz, kasb-hunarga ega bo‘lmagan fuqarolar o‘qitilgan
22.04.2022, 15:45
-
Taraqqiyot strategiyasi: Ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi
04.02.2022, 15:17
-
Deputat yordamchilari o‘qitilyapti
16.12.2021, 15:39
-
Vakolatli vakil va kuzatuvchi siyosiy o‘quvlarda chiniqadi
14.10.2021, 20:16
-
Jizzaxda yangi saylangan deputatlarning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi
26.02.2020, 15:38
Fikringizni qoldiring