Xalq vakili saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqot qildi

15.12.2021, 14:58

Xalq vakili saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqot qildi

Bugun mamlakatimiz hayotida xalq bilan barcha darajadagi deputatlar saylovchilar ishonchini qozonish maqsadida saylovchilarning muammolarini tinglab, baholi qudrat murojaatlarga yechim topishga harakat qilmoqdalar.

O’zLiDePdan saylangan Beruniy tuman Kengashi deputatlari ham joylarda saylovchilar bilan uchrashmoqda. Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik  guruhi a’zosi R.Yuldasheva tumanidagi  “Shabboz” MFY aholi bilan uchrashib, ularning murojaatlarini o‘rgandi. Yuzma-yuz muloqot jarayonida aholi tomonidan gaz, elektr energiyasi va ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasida muammolar borligi aniqlandi.  Ko‘tarilgan muammolar kun ichida bartaraf qilish bo‘yicha tegishli  tashkilot rahbarlariga topshirildi va nazoratga olindi.

  • Ko'rildi
    240
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+