Mohir metallurglar partiyamiz safdoshlari bo‘ldi

15.12.2021, 15:20

Mohir metallurglar partiyamiz safdoshlari bo‘ldi

O’zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida metallurgiya sanoatining ham o‘z o‘rni bor.

Ma’lumki, O’zLiDeP “Sanoatlashtirish va yangi texnologiyalar – iqtisodiyot raqobatbardoshligi asosi!”, - deb hisoblaydi.

Partiya bu borada soha xodimlari orasida turli shakl va ko‘rinishdagi tadbirlarni o‘tkazish orqali ularning fikr-mulohaza, takliflarini o‘rganadi. Mamlakat sanoati rivojida muhim ahamiyat kasb etuvchi tegishli dastur va rejalar ishlab chiqadi.

O’zLiDeP Ohangaron shahar Kengashi ham mamlakatdagi yirik sanoat korxonalaridan biri bo‘lgan “LIDA METAL TECHNOLOGY” MChJ XK da faoliyat yurituvchi ishchi-xodimlar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini samarali olib bordi.

Natijada, yillik ishlab chiqarish hajmi 200 ming tonna bo‘lgan korxonadagi 30 nafar partiya xayrixohlari a’zolikka qabul qilindi.

BPT ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda partiya Ohangaron shahar Kengashi apparat rahbari Guljahon Jiyanova davlatimiz rahbarining “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo‘lini qat’iy davom ettiramiz” nomli nutqi mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qildi.

 Unda Yangi O’zbekiston sanoatini rivojlantirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilganini ta’kidladi.

Zavodning yetakchi mutaxassislaridan biri Islombek Vohidov boshchilik qilishi belgilangan “LIDA METAL TECHNOLOGY” MChJ XK” qoshida quyi bo‘g‘in tashkil qilindi va partiya guvohnomasi topshirildi. BPT a’zolariga esa partiya a’zolik guvohnomalari, ko‘krak nishonlari taqdim etildi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    218
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+