“Ilg‘or mamlakatlar taraqqiyotida kitobning roli katta”, deyishmoqda navoiylik maslakdoshlarimiz
23.02.2018, 17:25
O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Durdona” loyihasi doirasida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ayni shu fikr alohida e’tirof etildi. Tadbirda Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, Navoiy viloyati Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, viloyat ma’naviyat-ma’rifat markazi xodimlari, partiya faollari hamda xotin-qizlar ishtirok etdi.
Qayd etilganidek, keyingi yillarda yurtimizda aholi, ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlarining moddiy-texnik bazasini yangilash, ayollarning kitobga qiziqishini oshirish va mutolaa madaniyatini oshirish uchun kitob bilan do‘st qilishga qaratilgan amaliy ishlar ko‘lami nihoyatda kengaygan.
– Shu kunlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish dolzarb vazifamizga aylangan, – deydi O‘zLiDeP viloyat Kengashi Ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri Nigora Saimova. – Buning negizida kitobni anglab o‘qish turadi. Dunyodagi ilg‘or mamlakatlarning har taraflama taraqqiyoti uchun ilmiy, falsafiy, badiiy kitoblarning roli katta bo‘lganini ko‘p bor e’tirof etamiz. Shu bois, viloyatimiz ahli o‘rtasida mumtoz adabiyotimiz va san’atimiz durdonalarini targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.
Tadbirda chekka hududlardagi ayollarning faolligini oshirish, ularni kitobga bo‘lgan muhabbatni o‘yg‘otishga qaratilgan yangi loyihalar, ko‘rik-tanlovlar, o‘quv-seminarlarni tashkil etish borasida qator takliflar o‘rtaga tashlanib, galdagi muhim vazifalar belgilab olindi.
O‘zLiDeP Navoiy viloyat
Kengashi matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
-
Mahalladagi xotin-qizlarning muammo va takliflari o‘rganildi
01.03.2024, 22:01
Fikringizni qoldiring