Arnasoylik g‘olib va sovrindor sportchi yoshlar munosib kutib olindi

16.12.2021, 15:31

Arnasoylik g‘olib va sovrindor sportchi yoshlar munosib kutib olindi

Yurtimizda yoshlarga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Is’tedodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga o‘z iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun sharoit yaratib berish borasida joylarda olib borilayotgan sa’y-harakatlar sabab, chekka hududlarda ham adabiyot, san’at, sport va boshqa sohalarda katta yutuqlarni qo‘lga kiritayotgan yoshlar safi ortib bormoqda.

O’zLiDeP Saylovoldi platformasida ham bu masalalalarga alohida e’tibor qaratilgan.

E’tiborli tomoni, iqtidorli yoshlarning ko‘pchiligi bilan O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhi faollari tomonidan iliq munosabatlar o‘rnatilgan. Ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni partiyaviy vositalar bilan hal qilish partiyadoshlarimizning doimiy faoliyatlar turlaridan biri hisoblanadi.

- Arnasoy tumanida ham iqtidorli yoshlar talaygina, - deydi tuman turizm va sport bo‘limi rahbari, O’zLiDeP faoli Abdurashid Abdiyev. – Yaqinda poytaxtimizda karate (ITKF) bo‘yicha o‘ndan ortiq davlatlar ishtirokida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada tumanimiz yoshlari muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakuniy natijalarga ko‘ra 8 oltin, 7 kumush va 5 bronza medallarni qo‘lga kiritishdi.

Musoboqada g‘olib bo‘lgan sportchi yoshlar va ularning murabbiylari tuman hokimligi, tuman turizm va sport bo‘limi, O’zLiDeP tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhi faollari va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari tomonidan tantanali kutib olindi hamda munosib taqdirlandi.

Xolbek Asatov,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    240
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+