“Ijodkor” MFY aholisining muammosi tez fursatda hal etildi

16.12.2021, 15:35

“Ijodkor” MFY aholisining muammosi tez fursatda hal etildi

Davlatobod tumani “Ijodkor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi N.Nazarova tomonidan 1-Orzu saylov okrugidan Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashiga saylangan deputat Q.Dadabayevga mahalla aholisiga toza ichimlik suvi yetkazib berishni yanada ko‘paytirishda amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qilgandi.

Ushbu masalani ijobiy hal qilish maqsadida deputat zudlik bilan "Namangan suv ta’minoti" MChJ Davlatobod filiali rahbari I.Isoqovga murojaat qildi. Ushbu masala darxol hal etilib, shu kunning o‘zida mahallaga 10 tonnadan ortiq toza ichimlik suvi yetkazib berildi. Mahallaga har kuni grafik asosida suv yetkazib berish to‘liq yo‘lga qo‘yildi.

Mahalla aholisi tuman tashkilotlari va deputat tomonidan murojaatga bee’tibor bo‘lmay, tez fursatlarda hal etilganiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

  • Ko'rildi
    433
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+