Murojaat tadbirkorlarni faollikka chorlaydi, deyishmoqda ellikqal’alik ishbilarmonlar
23.02.2018, 17:28

O‘zLiDeP Ellikqal’a tuman Kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston faol tadbirkorlari anjumanida qabul qilingan Murojaatni joylarda keng targ‘ib qilish maqsadida seminar tashkil etildi.
Tadbirda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan keng qamrovli ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida qator amaliy ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.
– Ushbu Murojaat bizni nihoyatda ruhlantirdi, – deydi "Guldursun savdo" MChJ raisi Rashid Shamuratov. – Zero, ushbu murojaatda zamonaviy va faol tadbirkorlar safini kengaytirib borishga alohida urg‘u berilgan. Shuningdek, tadbirkorlar hamjamiyati nopok tadbirkorlarga nisbatan murosasiz bo‘lishi va ularga nisbatan birinchi navbatda, davlat emas, balki tadbirkorlarning o‘zlari munosabat bildiradigan muhit shakllantirish kabi qator vazifalar belgilangan. Ushbu murojaat har birimizni faollikka chorlab, g‘ayratimizni oshirishi shubhasiz.
Eslatib o‘tamiz, bunday uchrashuvlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Yosh tadbirkorning murojaati partiya faoli ko‘magida hal etildi
01.02.2023, 18:53
-
Deputatlik eshituvi: Gurlanda investitsiya loyihalarning bajarilishi muhokama etildi
26.12.2022, 18:17
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
31.10.2022, 12:17
-
Uchqo‘rg‘onlik mohir tadbirkor
23.09.2022, 16:15
-
Tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi
20.09.2022, 16:06
Fikringizni qoldiring