Navoiylik deputat ba’zi qishloqlarning “jaydari” nomlarini o‘zgartirish taklifini ilgari surdi
16.12.2021, 15:49

Bugun kechagi kun emas. Bugunning odami ham kechagi kunning odami emas. Biz yashin tezligida rivojlanayotgan davrning ilg‘or fikrli insonlarimiz. Shu ma’noda bizni o‘rab turgan atrof olamga o‘ziga xos munosabatlari ham bor.
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati ba’zi joylarning “jaydari” nomlarini Yangi O’zbekistonga mos ravishda o‘zgartirish taklifini ilgari surmoqda.
Masalan, S.G’afforov fikricha “Kallaxo‘r”, “Beshkal”, “Kampir o‘ldi”, “Yalong‘och”, “Botir bo‘tqa”, “Ichak”, “Qo‘tan”, “Galatentak”, “Devona”, “G’alcha”, “Yaypan”, “Qo‘g‘ay”, “O’ynash”, “Enam yaxshi”,”.Chuvama”, “Junli” “Chuvrindi” kabi qishloq nomlarini shu qishloqlarning mentaliteti, iqlimi yoki diqqatga sazovor tomonidan kelib chiqib yangilash kerak. Chunki qishloqlarning bu kabi nomlanishiga o‘sha hudud aholisining haqli e’tirozlari bor.
Darhaqiqat, toponomik joy nomlarini eshitganda insonlarga, ayniqsa, yoshlarga xijolat emas, faxr va g‘urur tuyg‘usini singdirishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, joy nomlari, qishloqlarning atamalari ham bevosita o‘zligimizga, qadriyatlarimiz va a’analarimizga hurmat tuyg‘usining shakllanishiga xizmat qilmog‘i zarur.
“Jaydari” joy nomlarini yangilash tashabbusini o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishloq nomini o‘zgartirish bilan boshlab bergan Navoiy shahar deputati S.G’afforov taklifi bilan ilgari Buxoro viloyati G’ijduvon tumanidagi “Yavojin” (o‘zbek tilida jinbazm”) qishlog‘iga Al-Buxoriy nomi berildi. Qishloq aholisi esa albatta, bundan juda xursand.
-To‘g‘risini aytsam, Yavojindanman, deyishga uyalar edim. Al-Buxoriy qishlog‘idanman, deyish shaxsan menga huzur bag‘ishlamoqda. Shuning uchun ham, mana shu taklifni deputatlar muhokamasiga tashlamoqchiman, - dedi deputat, shu bilan birga Oliy Majlis Senati huzurida tashkil qilingan Yoshlar Parlamenti a’zosi S. G’afforov.
M.Pirnafasova,
O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi
matbuot kotibi.
O'xshash yangiliklar
-
Deputatlar tadbirkorlarning takliflarini o‘rgandi
29.09.2023, 15:47
-
Qashqadaryoda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha mas’ullarning axboroti tanqidiy ko‘rib chiqildi
28.09.2023, 12:09
-
O’zLiDeP deputatlari sessiyaga daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish masalasini kiritdi
25.09.2023, 16:21
-
Noqonuniy va sifatsiz qurilishlarni oldini olish borasida ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi
21.09.2023, 17:25
-
Partiyaning hududiy kengashlari va deputatlar faoliyatiga tanqidiy baho berilmoqda
07.09.2023, 16:19
Fikringizni qoldiring