Qashqadaryoda “xonadonbay” yurish tizimi asosida seminarlar tashkil etildi

16.12.2021, 17:08

Qashqadaryoda “xonadonbay” yurish tizimi asosida seminarlar tashkil etildi

Qashqadaryo viloyatida O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi tomonidan “Aholiga parranda, quyon, echki, qoramol asalari uyalari tarqatish hamda aholini qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar” asosida “xonadonbay” yurish tizimi asosida seminarlar tashkil etildi.

Viloyatning Chiroqchi, Yakkabog‘ va Qamashi tumanlarida bo‘lib o‘tgan “xonadonbay” yurish tizimi asosidagi seminarlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov ishtirok etdi va xonadon egalariga Prezidentimizning 2021 yil 3 martdagi “Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi va 2021 yil 14 iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarida ko‘zda tutilgan subsidiyalar ajratish, klaster va kooperatsiyalar tashkil etish haqida tushunchalar berdi.

-Eng avvalo, aholiga tashkilotlar va fermer xo‘jaliklari orqali parranda, quyon, qo‘y, echki, qoramol va asalari uyalari yetkazib berib, keyin tayyor mahsulotni sotib oladigan klaster va kooperatsiyalarni ham tashkil etishimiz  lozim, - dedi A. Xaitov. - Bu borada tuman hokimlarining MFY lardagi yordamchilari boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan “Xonadon daftari” yuritish va unda amalga oshirilgan ishlar qayd etib borilishi kerak.

Yakkabog‘ tumanidagi “Esat” MFY hududidagi Esat qishlog‘ida yashovchi Rustam Qudratov xonadonida o‘tkazilgan shunday seminarlarda aholi vakillariga mazkur xonadondagi ibratli ishlar namuna sifatida namoyish etildi.

-10 sotix tomorqamda 40 boshdan ziyod qo‘chqorni bo‘rdoqiga boqib, yaxshigina daromad olayapman, - deydi R. Qudratov. – Yaqinda 25 bosh qo‘chqorni Toshkentga sotdim. Xonadonimdagi maxsus kataklarda tovuq, kurka, o‘rdak, g‘oz va quyon parvarishlab kelayapman. Chorva mollar holati bo‘yicha maxsus daftar tutilgan bo‘lib, veterinar unga kasalliklarga qarshi emlanganligini qayd etib boradi.

Viloyatdagi barcha tumandarda “Xonadonbay” yurish tizimi asosida seminarlar davom etmoqda.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    245
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+