Qishloq oilaviy poliklinikalari zamonaviy tibbiy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlanadi

23.02.2018, 17:38

Qishloq oilaviy poliklinikalari zamonaviy tibbiy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlanadi

Joriy yilda yurtimizda tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirish va tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi. Xususan, aholini arzon narxlardagi sifatli dori vositalari bilan ta’minlaydigan 2 mingta ijtimoiy dorixona tashkil etish rejalashtirilgan. 793 ta qishloq oilaviy poliklinikasini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar hamda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining sanitariya-gigiyena laboratoriyalarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash kabi chora-tadbirlar belgilangan.

Bu haqda O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan  Paxtakor tumanida Davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda alohida ta’kidlandi.

– Yaqinda nafaqaga chiqdim, – deydi tuman dispanser vrachi Vasila Suvonqulova. Kasbimni yaxshi ko‘rganim tufayli hozir ham ishlab, yoshlarga o‘z tajribamni o‘rgatib kelyapman. Buning ustiga, tumanimiz kasalxonalarida mutaxassis kadrlar yetmaydi. Prezidentimiz farmoni bilan nafaqaga chiqib ishlaydigan xodimlarga ish haqi va nafaqalar to‘liq miqdorda berilishi, ochig‘i, bizni juda quvontirdi.  

Tadbirda bugungi kunda barcha sohalarda bo‘layotgani kabi tibbiyot sohasida ham aholi salomatligi yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar boshlab yuborilgani, bu islohotlar zamirida “Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun”  degan ezgu g‘oya mujassam ekanligi ta’kidlandi.

O‘zLiDeP  Jizzax  viloyat  

Kengashi  matbuot  xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1675
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+