Yangi avlod kadrlarini yetishtirishda kamarbasta bo‘lamiz!

20.12.2021, 15:28

Yangi avlod kadrlarini yetishtirishda kamarbasta bo‘lamiz!

Yoshlarning siyosiy, huquqiy madaniyati va ongini oshirish, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini, siyosiy jarayonlarga ongli munosabatini, turlicha tashqi va ichki tahdidlarga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetini shakllantirishni partiya o‘zining eng muhim vazifalari qatorida ko‘radi.

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi Tashkiliy-partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘limi tashabbuskorligida o‘tkazilgan navbatdagi targ‘ibot uchrashuvi ham ayni shu maqsadda tashkil etildi.

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etgan uchrashuvda partiyaning “Yangi avlod kadrlari” loyihasi targ‘ib qilindi.

Targ‘ibot tadbirida talabalarga mazkur loyiha partiya faoliyatini yanada ommalashtirish, yetarli malakaga ega bo‘lgan kadrlarni tanlash hamda ularni joy-joyiga qo‘yish ishlarini yanada takomillashtirish, mamlakatimizning nufuzli ta’lim muassasalari bitiruvchilarining siyosiy faolligini oshirish, ularni siyosiy jarayonlarga keng jalb etish, partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasiga tavsiya etish uchun faol yosh mutaxassislarni aniqlash ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida amalga oshirilayotgani haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, partiya yoshlarga to‘la ishonishi, bo‘lajak saylovlarda eng munosiblarining nomzodlarini ilgari surishi, bor kuch va imkoniyatlarini islohotlarning natijasi har bir inson va uning oilasi hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va bu ta’sirni ular bugungi kundayoq sezishiga yo‘naltirishini qayd etildi.

Mamlakat kelajagi aynan intellektual salohiyati yuksak, ma’nan kamolga yetgan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonuvchi, kuchli fuqarolik pozitsiyasiga ega sog‘lom yoshlar qo‘lida ekanini alohida uqtirildi.

Uchrashuvda talaba-yoshlar mavzu doirasidagi o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar olishdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    364
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+