NamDUning 25 nafar talaba yoshlari partiyaning kadrlar zaxirasiga olindi

20.12.2021, 15:59

NamDUning 25 nafar talaba yoshlari partiyaning kadrlar zaxirasiga olindi

O’zLiDeP  Namangan viloyat Kengashi tashkiliy partiyaviy va kadrlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Namangan davlat universitetida  “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.

Unda partiya viloyat Kengashi yoshlar bilan ishlash hamda tashkiliy partiyaviy va kadrlar bilan ishlash bo‘limlari mudirlari Musoxon Yusupjonov va Dilnoza Xolmatovalar ushbu loyihaning maqsadi va zifalari, shartlari haqida tushuncha berdilar. Eng faol, tashabbuskor, kreativ fikrlaydigan yoshlar partiya kadrlar zaxirasiga olinishi  ta’kidlandi.

Shundan so‘ng universitet o‘qituvchi va talaba yoshlari o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirdi. Suhbat yakunida 25 nafar talaba yoshlar “Yangi avlod kadrlari” loyihasiga zaxira kadrlar sifatida qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    176
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Sodiqjon2022-01-21 09:33:30

Partiyaga ishga kirsam bo‘ladimi vakant lavozimlar bormi xozirda


Fikringizni qoldiring

+