O‘zbekiston tadbirkorlariga Murojaatning mazmun-mohiyati samarqandlik tadbirkorlarga ham keng targ‘ib qilindi

23.02.2018, 18:15

O‘zbekiston tadbirkorlariga Murojaatning mazmun-mohiyati samarqandlik tadbirkorlarga ham keng targ‘ib qilindi

Samarqand shahrida O‘zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan “Prezident g‘oyalari bilan kelajak sari” shiori ostida “O‘zbekiston faol tadbirkorlari anjumani”da qabul qilingan “O‘zbekiston tadbirkorlariga murojaat”ning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbirkorlar bilan amaliy uchrashuv o‘tkazildi. 

– Murojaatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, ayniqsa, iqtisodiyotning muhim sohasi – sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish, erkin iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari tizimi orqali yaratib berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish kabi masalalarga e’tibor qaratilgani bizni yanada faolroq bo‘lishga undamoqda, – deydi Samarqand shahridagi “Bofanda” MChJ rahbari Aziz Axrorov. – Bu  ayniqsa tadbirkorlarni mamlakatimizning eksport salohiyatini mustahkamlash, tashqi bozorga sifatli va sertifikatlangan mahsulotlarni “o‘zbek brendi” ostida olib chiqishda, iqtisodiyotimizga tashqi investitsiyalarni jalb etishda hamda raqobatdosh mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarishda muhim omil bo‘ladi. Biz tadbirkorlar o‘zbek mahsulotini yagona brend ostida samarali va yaxshi o‘ylangan holda ilgari surish orqali biz qisqa muddatda dunyo bozorlariga kirib boryapmiz va yana shuni ta’kidlashim kerak, kuchli brend bu  dunyo bozorlarni zabt etishning ishonchli yo‘lidir.

Tadbirda "O‘zbekiston faol tadbirkorlari anjumani"ni har yili o‘tkazish va joylarda tadbirkorlik va investitsion muhitni tizimli asosda tahlil qilishni yo‘lga qo‘yish, partiya va uning tuzilmalari imkoniyatidan keng foydalangan holda mahalliy va xorijiy tadbirkorlar o‘rtasida yaqin hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash bo‘yicha aniq ishlarni amalga oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. 

Ushbu mavzudagi tadbirlar viloyatning barcha tumanlarida o‘tkazilmoqda.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 

  • Ko'rildi
    1185
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+