Faxriylar – faxrimiz!
20.12.2021, 16:50

Mamlakatimizda inson qadr-qimmati va sha’nini ulug‘lash, manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha bir qator amaliy islohotlar olib borilmoqda.
Keksalarni qadrlash, ularga hurmat-e’tibor ko‘rsatish borasida o‘zbek xalqidek bag‘rikeng, mehr-muruvvatli xalq bo‘lmasa kerak. Bu, avvalo, oilada farzandlarning ota-onaga g‘amxo‘rligi, mehribonligida o‘z ifodasini topadi. Mahalla-ko‘y yumushi, to‘y-ma’raka, jamoatchilik tadbirlarida ham yoshi ulug‘ insonlar tajribasiga tayaniladi, ularning maslahati olinadi. Asrlar davomida shakllanib, qadriyat darajasiga ko‘tarilgan bunday munosabat hozirgi kunda Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Bu boradagi islohotlarda O’zLiDeP ham tashabbuskorlar safida bo‘lmoqda. Bugungi kunda partiya qoshida Faxriylar kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularga ko‘pni ko‘rgan, hayotiy tajribaga ega nuroniylar rais etib saylanmoqda.
Bugun O’zLiDeP Toshloq tuman Kengashida ham Faxriylar kengashi o‘z ishini boshladi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshi ulug‘ insonlarga nisbatan hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko‘rsatish ma’naviy hayotimiz va milliy qadriyotlarimizning ajralmas qismi ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.
Kengash raisi etib Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Komila Kavlonova saylandi.
Abduqayum Aminov uzoq yillardan buyon partiyaning Toshloq tuman Kengashi raisi lavozimida fidoyilik bilan ishlab, partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini aholi orasida keng targ‘ib etib keladi. A.Aminov hamda "Toshloq -Barokot" ko‘p tarmoqli MChJ boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi Toyirjon Ismoilov va "Kamalov-Raxmatullox" fermer xo‘jaligi boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi Shavkatjon Tadjiboyevlar bugun o‘zlarining muborak 60 yoshlarini qarshi olmoqdalar. Shu munosabati bilan partiyaning Farg‘ona viloyati Kengashi apparat rahbari v.b. Halimjon Rahmonov tomonidan bu fidoyi insonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Xotin-qizlarimiz mehnat qilishi uchun munosib sharoitlar yaratib berilmoqda
28.11.2023, 15:46
-
Hosilga yaroqsiz yerlarni qayta foydalanishga kiritish bo‘yicha qilanayotgan ishlar o‘rganilmoqda
28.11.2023, 15:45
-
Partiya “Ayollar qanoti” vakillari oilaviy tadbirkorligini boshlagan tadbirkor xonadonida bo‘ldi
27.11.2023, 18:04
-
Ohangaron tumanida O’zLiDeP Ayollar qanoti bog‘i barpo etildi
27.11.2023, 18:00
-
Qiziltepada “O’zLiDeP bog‘i” tashkil etildi
27.11.2023, 17:59
Fikringizni qoldiring