Yangi ixtiro va yangi loyiha yaratgan yoshlarning ko‘rgazmali seminari tashkil qilindi

21.12.2021, 16:01

Yangi ixtiro va yangi loyiha yaratgan yoshlarning ko‘rgazmali seminari tashkil qilindi

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tashabbusi bilan Andijon Mashinasozlik Institutida "Yangi O’zbekistonda yangi loyihalar va yangi ixtirolar" mavzusida ko‘rgazmali amaliy-seminar o‘tkazildi. 

Tadbirda yoshlar, partiya faollari, mahalliy kengash deputatlari,  tadbirkor va fermerlar, oliygoh o‘qituvchilari, ixtiro va texnikaga qiziquvchi iqtidorli kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari va ustozlari qatnashdi.

Amaliy-seminarni O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Xurshida Xalilova va Andijon Mashinasozlik Instituti rektori, partiya faoli Umidjon Turdialiyev so‘zga chiqib, yoshlarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar xususida to‘xtaldi. 

Mazkur tadbir davomida iqtidorli yoshlar tomonidan berilgan savollarga viloyatning ilg‘or tadbirkor va fermerlari javob berib o‘tdilar. 

Tadbir davomida yoshlar tomonidan "Osh musobaqasi" ham bo‘lib o‘tdi.  Yangi ixtiro va yangi loyiha yaratgan yoshlar partiya viloyat Kengashining esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalari topshirildi.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    401
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+