O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” faoli O’rta Osiyo mintaqasida yagona bo‘lgan korxona ochmoqchi

21.12.2021, 16:04

O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” faoli O’rta Osiyo mintaqasida yagona bo‘lgan korxona ochmoqchi

Jizzax shahridagi “Samandar shirinliklari” oilaviy korxonasida “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” dasturiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Partiya “Yoshlar qanoti” guruhi a’zosi, yosh tadbirkor Samandar Islamov rahbarlik qilayotgan mazkur korxonada ayni paytda 50 xil turdagi qandolat mahsulotlari tayyorlanmoqda. Korxona mahsulotlarini respublikamizning barcha hududlarida uchratish mumkin. Eng muhimi esa, korxona ishga tushgach 40 nafardan oshiq xotin-qizlar doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘ldilar. Yosh tadbirkor 2 ta yangi loyiha ustida ish olib bormoqda. Ularning biri – qandolat fabrikasini qurish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan bo‘lsa, ikkinchisi – Qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi texnologiyalarni ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham istiqbolli loyiha tayyorlangan.

- Agar ikkinchi loyihamiz ishga tushsa, - deydi yosh tadbirkor. – Bu O’rta Osiyo mintaqasidagi mazkur yo‘nalishdagi yagona korxona bo‘ladi. Nafaqat yangi ish o‘rinlari yaratish, balki qandolat mahsulotlari va uni tayyorlovchi texnologiyalarni eksport qilish imkoni yaratiladi.

Tadbir davomida, sohada klaster tizimini rivojlantirishning istiqbollari, Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasiga o‘tish davomida belgilangan vazifalar, ularda yoshlar faolligi haqida so‘z yuritildi.

Xolbek Asatov,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    562
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+