Partiya vakillari ijtimoiy himoyaga muhtojlarga saxovat ko‘rsatdi
21.12.2021, 16:33

O’zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan jismoniy imkoniyati cheklangan bir guruh yurtdoshlarimiz holidan xabar olinib, ularga nogironlik aravachalari topshirilmoqda.
Navbatdagi savobli ish Quva tumanida amalga oshirildi. Tumanning Quva mahallasi To‘maris ko‘chasida yashovchi G’ayratjon ota Sodiqovga nogironlik aravachasi topshirildi.
– Maqsadimiz, jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarning ko‘nglini ko‘tarish, ularni qiynayotgan muammosini bartaraf etishga ko‘maklashish. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar bundan buyon ham reja asosida olib boriladi, - deydi O’zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi apparat rahbari Halimjon Rahmonov.
– Ochig‘i, meni eslab, holimdan xabar olishganidan, nogironlik aravachasi berilganidan boshim ko‘kka yetdi. Mana shunday xayrli ishlar boshida turgan insonlar hamisha omon bo‘lsin, - deydi nuroniy otaxon.
Ayni kunda partiya tomonidan nogironlarning turmush sharoitlarini yaxshilash, salomatliklarini muhofaza qilish, muammolarini hal etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
O'xshash yangiliklar
-
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya – milliy iqtisodiyot barqarorligining asosi
07.12.2023, 18:52
-
Bosh Qomusimiz – farovon hayot va taraqqiyotimiz poydevori
07.12.2023, 18:49
-
Konstitutsiyam – qadr-qimmatim!
07.12.2023, 18:44
-
Yangi Konstitutsiya – barqaror taraqqiyot kafolati
07.12.2023, 18:36
-
Yangilangan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati tushuntirildi
07.12.2023, 18:32
Fikringizni qoldiring