Faxriylarimizning boy tajribasidan unumli foydalanamiz

22.12.2021, 14:41

Faxriylarimizning boy tajribasidan unumli foydalanamiz

Davlat va jamoat ishlari qolaversa, partiya saflarida faoliyat yuritgan faxriylarning ijtimoiy faolligini kuchaytirish maqsadida O’zLiDeP hududiy Kengashlari qoshida “Faxriylar Kengashi” tuzilmoqda.

O’zLiDeP Toshkent tuman Kengashi qoshida “Faxriylar Kengashi” ta’sis etildi.

Yig‘ilishda so‘z olgan faxriylar Kengashning ommaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlarni va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda ko‘maklashish, partiya ishini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish, Qonunlar, Prezident qaror va farmonlariga munosabatlarni shakllantirib borish hamda ularni ijtimoiy hayotga tatbiq etish, targ‘ibot qilishda faol qatnashish kabi vazifalari haqida fikr yuritishdi.

Keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribasidan keng foydalanish maqsadida tashkil etilgan “Faxriylar Kengashi”ning kelgusida yuritadigan faoliyatiga doir qator masalalar borasida kelishib olindi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    564
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+