O‘zLiDeP deputati, tadbirkor 100 nafar yoshlarni ishli qildi

22.12.2021, 14:44

O‘zLiDeP deputati, tadbirkor 100 nafar yoshlarni ishli qildi

O‘zLiDeP deputati, tadbirkor Jobir Do‘stmurodov Qashqadaryo viloyati Koson tumanida zamonaviy savdo markazi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. “Ishonch” savdo tarmog‘ining ishga tushishi orqali 100 nafar kosonlik yoshlarning bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Ular orasida partiya viloyat va tuman kengashiga ish so‘rab murojaat qilgan yoshlar ham bor.

- Ushbu savdo markazi qurilishi uchun 2 mlrd 600 mln so‘m mablag‘ sarflandi. Bir qismi bank krediti hisobiga, bir qismi o‘z mablag‘larimiz asosida barpo etildi. Hozirning o‘zida 60 nafar yoshlar ishga qabul qilindi. Faoliyatimiz to‘liq yo‘lga qo‘yilsa yana 40 nafar yoshlar ishli bo‘ladi, - deydi partiya faoli, tadbirkor Jobir Do‘stmurodov.

Mazkur savdo markazining ochilish marosimida partiya vakillari, deputatlar va aholi vakillari ishtirok etib,  faoliyat bilan tanishildi.

  • Ko'rildi
    260
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+