Tajribali tadbirkorlar yoshlarga master-klass va mahorat darslari o‘tkazdi

27.12.2021, 11:36

Tajribali tadbirkorlar yoshlarga master-klass va mahorat darslari o‘tkazdi

O’zLiDeP Andijon   viloyati Kengashi tashabbusi bilan deputatlar, tadbirkorlar va yoshlar uchrashuvi tashkil qilindi. Tadbirda O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, xalq deputatlari Andijon viloyat kengashi deputatlari, partiya viloyat kengashi apparat xodimlari, tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar, OAV vakillari, faollar ishtirok etdilar.

Andijon shahrida joylashgan “SAMOINUR-AKFA” LTD” korxonasida bo‘lib o‘gan urashuvda yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ular o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishlari uchun kuchli motivatsiya berish hamda ularda bu boradagi ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida viloyat miqyosida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan tajribali tadbirkorlar yoshlarga master-klasslar va mahorat darslari o‘tdilar.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlar o‘zlarining tajribalarini o‘rtoqlashib, yurtimizda yoshlarga tadbirkorlik sohasida yaratilgan shart-sharoitlar va imtiyozlar bilan tanishtirdilar.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlash, tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratilishi va shu kabi masalalardagi imtiyozu imkoniyatlar tushuntirildi. Bundan tashqari, “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida motivatsion trening o‘tkazildi.

  • Ko'rildi
    292
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+