O'zLiDeP faoli Palzada Saliyeva “Yil ayoli” ko‘rik-tanlovining gran-pri g‘olibasi bo‘ldi va Prezident sovg‘asi topshirildi

27.12.2021, 12:23

O'zLiDeP faoli Palzada Saliyeva “Yil ayoli” ko‘rik-tanlovining gran-pri g‘olibasi bo‘ldi va Prezident sovg‘asi topshirildi

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda tadbirkorlik va fermerlik bilan shug‘ullanib kelayotgan ishbilarmon ayollar soni yildan-yilga ko‘payib bormaqda. Ayniqsa shijoatli,  tashabbuskor,  qobiliyatli,  izlanuvchang faol ayollarni kashf etishda o‘tkazilib kelinayotgan tanlovlarning o‘rni katta. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani "Orzu" fermer xo‘jaligi raisi, O'zLiDeP faoli Palzada Saliyeva ham partiyanin "Ayollar qanoti" tomonidan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadigan "Ishbilarmon ayol - 2021" ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida 2-o‘rinni egallagan edi. Fermer opamiz partiyaning g‘oviy maqsad va vazifalarini targ‘ibot etishda, partiyaviy loyiha  va tanlovlarda, jamoatchilik ishlarda ham faol va tashabbuskor.

Kuni kecha fermer opamiz "Yil ayoli" milliy ko‘rik-tanlovining O’zbekiston Respublikasi bosqichida ishtirok etib, “Yil ayoli” ko‘rik-tanlovining gran-pri g‘olibasi bo‘ldi va Prezident sovg‘asi avtomobil tantanali topshirildi. 

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    264
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+