O’zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi tarkibida Faxriylar Kengashi tuzildi
27.12.2021, 16:01

Joylarda partiyaning Faxriylar Kengashlarini tuzish ishlari o‘z yakuniga yetmoqda.
O’zLiDeP Navoiy vildoyati hududiy partiya tashkiloti qoshida ham 15 nafar faol a’zolardan tarkib topgan Faxriylar Kengashi ish boshladi.
Kengashga partiya tashkil topgan kundan boshlab uning targ‘iboti va tashviqoti yo‘lida beminnat xizmat qilib kelayotgan, siyosiy jarayonlarda halovatidan voz kechib, taraqqiyot uchun kuch-quvvatini ayamagan bir guruh yoshi ulug‘ fidoiylar jamlanib, partiyaning yangi avlodiga o‘rnak sifatida saralab olindi.
Shuningdek, viloyatning barcha tumanlaridagi Faxriylar Kengashi raislari ham viloyat Kengashiga a’zo qilindi. Ko‘p yillik partiyaviy tajribasi va salohiyatidan kelib chiqib, F. Soliyev O’zLiDeP Navoiy viloyati Faxriylar kengashi raisi etib saylandi.
Faxriylar Kengashi tarkibini tuzish tadbirida partiya targ‘ibotini yanada kuchaytirish, xalq va partiya o‘rtasida aloqalarni mustahkamlash masalalarida qizg‘in munozaralar bo‘lib o‘tdi. Yangi rejalar, yangi fikrlar o‘rtaga tashlandi.
Fikr va mulohazalar almashinuvi O’zLiDeP Navoiy viloyati hududiy partiya tashkiloti tashkil etgan “bir piyola choy” ustida davom ettirildi. Kengashib olish uchun chaqirilgan nuroniylar uchun tashkilot tomonidan osh tayyorlanib, shirin noz-ne’matlar bilan dasturxonga tortildi.
Kengash a’zolari choy bahonasida bir-birlari bilan mazkur Kengashning yil davomida amalga oshiradigan vazifalari yuzasidan maslahatlashishdi.
Ular shirin diydor va iliq kayfiyatlar ta’sirida yurt ravnaqi uchun keksaman, deb qarab o‘tirmay, qo‘llaridan kelgancha yoshlarga yo‘l ko‘rsatish, siyosiy hayotda har doim faol harakatda bo‘lish zarurligini bir-birlariga ta’kidlashdi.
M.Pirnafasova,
O’zLiDeP Navoiy viloyati kengashi
matbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Tanlov orqali faoliyatimni yanada kengaytirishga doir muhim hamkorlar va biznes g‘oyalar orttirdim
22.09.2023, 16:41
-
Bugun qaysi sohani olmang, o‘sha yo‘nalishdagi islohotlarda xotin-qizlar faol
22.09.2023, 16:37
-
Men o‘zbek ayolining nelarga qodirligini dunyo ko‘rishini istayman
22.09.2023, 16:33
-
O’zbekistonda ovchilik guvohnomasini olgan yagona ayol ekanligimdan faxrlanaman
22.09.2023, 16:27
-
Partiyaviy loyihalar yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda
22.09.2023, 15:26
Fikringizni qoldiring