Quvasoylik a’lochi o‘quvchilarga deputat stipendiyasi topshirildi
27.12.2021, 16:20

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati Azizbek Qosimov tashabbusi bilan Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahridagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari uchun stipendiya ta’sis etilgandi.
Deputat tomonidan, an’anaga ko‘ra ikkinchi chorak davomida sinflar o‘rtasida eng yuqori natijalarga erishgan hamda maktabda tashkil etilgan fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan navbatdagi 23 nafar a’lochi o‘quvchiga pul mukofoti topshirildi.
Taqdirlash marosimida ishtirok etgan maktab jamoasi va ota-onalar ushbu xayrli ishda bosh bo‘lgan deputatga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.
O'xshash yangiliklar
-
Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash yo‘lida
03.06.2023, 13:10
-
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi
02.06.2023, 19:11
-
Ishonch va mas’uliyat islohotlar ijrosining bosh mezoni
02.06.2023, 17:05
-
Ijtimoiy himoya tizimi yanada yaxshilanadi
02.06.2023, 17:02
-
Faqat sog‘lom va barkamol millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi
02.06.2023, 16:59
Fikringizni qoldiring