Qo‘ng‘irotlik deputat o‘z saylovchilariga hisobot berdi

29.12.2021, 17:28

Qo‘ng‘irotlik deputat o‘z saylovchilariga hisobot berdi

 Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Guliston Qarajanova o‘z saylovchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda partiyaning Qo‘ng‘irot tuman Kengashi xodimlari, “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini turg‘unlari va OAV vakillari ishtirok etdi. 

Uchrashuvda xalq vakili o‘z saylovchilariga o‘tib borayotgan 2021 yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturdan kelib chiqib,  joriy yilning 11 oyi  davomida  deputatlik vakolati doirasida qilingan ishlari bo‘yicha o‘z saylovchilariga hisobot berdi. 

Deputatlik  vakolati  doirasida kelib tushgan muammolarni tegishli  hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bartaraf etish yo‘llari, saylovchilar ishonchini qazonish yo‘lida olib borgan amaliy ishlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

Bundan tashqari uchrashuvda xalq  vakili saylovchilarning muammo va takliflarini tinglandi. Jumladan, saylovchilar tomonidan yo‘llarning nasozligi, ishsizlik va ijtimoiy sohaga oid masalalar bo‘yicha ham murojaatlar va takliflar tinglandi.

Ko‘tarilgan  ayrim  muammolar  bo‘yicha shu yerning o‘zida batafsil tushuntirilgan bo‘lsa, ayrimlarini tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovnoma yuborish orqali  o‘rganib chiqishga kelishib olindi va ijrosi   nazoratga olindi.          

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    356
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+