Partiya Faxriylar Kengashi tashabbusi bilan “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida marafon tashkil qilindi
29.12.2021, 17:30

O’zLiDeP Xatirchi tuman kengashi qoshida Faxriylar kengashi tashkil etilganiga hali ko‘p bo‘lmadi. Shunday bo‘lsa-da, kengash a’zolari “bir yoqadan bosh chiqarib” faoliyatni boshlab yuborishdi.
Ilk tadbir tumanning Jaloir MFY hududida joylashgan Lochin BO’SM da bo‘lib o‘tdi.
Faxriylar Kengashi a’zosi M. Pirmatova tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbir " O'zLiDeP Faxriylari sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" shiori ostida o‘tkazilib, mahalliy aholi vakillari ishtirokidagi ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bilan boshlandi.
Mashg‘ulotlarga turli yoshdagi aholi qamrab olinib, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ommaviy sportga jalb etish maqsadida inson salomatligiga katta foyda keltiruvchi turli mashqlar ko‘tarinki kayfiyat bilan bijarildi.
Tadbirni tashkil etishda tuman hokimligi, O'zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi, tuman tibbiyot birlashmasi, tuman Turizm va sport bo‘limi hamda Sog‘lom turmush markazi hamkorlik qilishdi.
-Piyoda yurish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oldini oladi va tanadagi ortiqcha kaloriyani yo‘qotishda yordam beradi. Mutasaddilar bilan kelishgan holda, mashg‘ulotlardan so‘ng davra suhbatini ham uyushtirdik. Davra suhbatida inson organizmining sog‘lom bo‘lishi uchun vitaminlarga boy oziq-ovqat mahsulotlarning kichik ko‘rgazmasini ham tashkil qildik va ovqatlanish madaniyati hamda iste’mol me’yorlari to‘g‘risida o‘zaro suhbatlashdik, - dedi O’zLiDeP Xatirchi tuman Faxriylar Kengashi a’zosi M. Pirmatova.
Tadbir yakunida o‘z faolligi bilan ajralib turgan mahalla faollariga partiya tarqatma materiallari berildi.
M.Pirnafasova,
O’zLiDeP Navoiy viloyati kengashi
matbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
O‘zLiDePning navbatdagi event-tadbiri Xorazmda bo‘lib o‘tdi
30.03.2023, 14:11
-
Kelajaging uchun ovoz ber!
30.03.2023, 12:34
-
Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqli bo‘ladi
30.03.2023, 12:29
-
Farovonlik, erkinlik, mas’uliyat
30.03.2023, 12:26
-
Islohotlar inson qadri uchun
30.03.2023, 12:09
Fikringizni qoldiring