Uychilik tadbirkor 50 nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minladi

30.12.2021, 15:43

Uychilik tadbirkor 50 nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minladi

Yurtboshimiz tomonidan mamlakatning iqtisodiy ijtimoiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda asosiy e’tibor Kambag‘allikni qisqartirish, Xotin-qizlar ishbilarmonligini oshirish deb belgilab kelinmoqda.

Ayniqsa Respublika rahbari tomonidan “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!” kabi iboralar keltirilishi zamirida chuqur ma’no bor. Uychi tumani Jiydakapa hududida joylashgan “Begoyim tekstil” xususiy korxonasida ham asosan ayollar faoliyat yuritib kelmoqdalar. 30 nafar ayollar ishlab chiqarish yo‘nalishida band qilingan bo‘lib, xozirda mahsus forma, ayollar va bolalar qishki kiyimlari ishlab chiqarilmoqda.

-Korxona binosi qad rostlagan maydon avvalllari aholi chiqindilarini tashlaydigan mahsus joy edi. Prezidentimiz olib borayotgan oqilona siyosatlari menga katta ruh baxsh etdi, ya’ni kuchli motivatsiya oldim. Xotin-qizlar bandlgini ta’minlash, ularni turmush farovonligin yaxshilash ishlarini oldimga maqsad qildim, - deydi korxona rahbari yosh tadbirkor ayolimiz Sevara Olimova.

Olimova Sevara tomonidan “Axsi farel Servis” fermer xo‘jaligi ham tashkil etildi. Fermer xo‘jaligida 20 nafar ishchilar asosan baliq boqish bilan hamda aholiga baliq yetishtirish xizmati bilan shug‘ullanib keladilar. Endilikda kuz-qish mavsumiga zaxira uchun meva va sabzavot mahsulotlarini qadoqlash ishlarini yo‘lga qo‘ymoqchi. Tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ichki bozorlarga yetkazib berilmoqda. Qo‘shni Qozog‘iston hamda Qirg‘iziston Respublikasi bilan 5 mlrd. so‘mlik eksport shartnomalari imzolangan. Sevara Olimova 50 nafar ishchilari bilan birgalikda partiya a’zoligiga qabul qilindi.

 

  • Ko'rildi
    249
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+