O‘zbekiston faol tadbirkorlari Murojaatini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbirda namanganlik 10 nafar tadbirkorga kichik sanoat zonasidan joy ajratish masalasi hal etildi

24.02.2018, 14:46

O‘zbekiston  faol  tadbirkorlari Murojaatini o‘rganishga  bag‘ishlangan tadbirda namanganlik  10 nafar tadbirkorga kichik sanoat zonasidan joy ajratish masalasi hal etildi

Namangan shahrida O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan “O‘zbekiston  faol  tadbirkorlari  anjumani”da qabul qilingan Murojaat mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish hamda Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida tadbirkorlik faoliyati erkinligini ta’minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish, tadbirkorlar oldida turgan muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida amaliy muloqot tashkil etildi.

Tadbirda Namangan shahar hokimi, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Sh.Abdurazzaqov so‘zga chiqib, yurtimiz ravnaqi uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Davlat dasturining qabul qilinishi, amalga oshirilayotgan keng qamrovli va tizimli islohotlar yagona olijanob maqsad – izchil va barqaror rivojlanayotgan, erkin va farovon, demokratik tamoyillarga asoslangan davlatni, adolatli jamiyatni barpo etish, inson manfaati hamda uning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilganligini alohida ta’kidladi.

Tadbirda ishtirok etgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP Fraksiyasi a’zosi Nargiz Xalilova tomonidan “Prezident g‘oyalari bilan kelajak sari” shiori ostida o‘tkazilgan anjumanda qabul qilingan “O‘zbekiston tadbirkorlariga murojaati”ning mazmun-mohiyati keng tushuntirib berildi.

Murojaat yuzasidan Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Ma’ruf Muminov, “Asror tekstil” MChJ ish yurituvchisi Oybek Abdullayev va “Zilol fayz invest” MChJ Baxriddin Iminovlar o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Tadbir davomida Namangan shahridagi 10 nafar tadbirkorlarga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini tashkil etish va yanada kengaytirish uchun Namangan shahrida tashkil etilgan “Xonobod” va “Paxtaliqko‘l” kichik sanoat zonalaridan joy ajratish masalasi hal etiladigan bo‘ldi.

Murojaatni keng targ‘ib etishga bag‘ishlangan tadbirlar viloyatning barcha hududlarida bo‘lib o‘tmoqda.

Ibroxim SATTAROV

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1387
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+