Deputat mahalladagi muammolarni hal qildi

06.01.2022, 10:47

Deputat mahalladagi muammolarni hal qildi

Xalq  deputatlari Beruniy tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Raxima Yuldasheva  o‘zi saylangan hudud saylovchilarining ishonchini oqlashda tashabbus ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan, Beruniy tumani "Shabboz" MFYda “To‘rtkul shox” ko‘chasi bilan “Kat”  ko‘chasi oralig‘idagi  yo‘llarning ta’mir talabligi bo‘yicha mahalla aholisidan murojaatlar kelib tushgan edi. Bu bo‘yicha xalq vakili deputatlik vakolati doirasida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovnoma yubordi. Natijada tuman prokurori R.Xalmuratov, 4-sektor rahbari A.Kenjayevlarning sa’y-harakatlari bilan  mazkur ko‘chalarning yo‘llariga shag‘al yotqizib berildi.

“To‘rtko‘l shox” ko‘chasidan "Istiqlol" mahallasida  joylashgan  63-sonli maktabga o‘quvchilar o‘tadigan katta yo‘lga piyodalar o‘tish yo‘lakchasida  yo‘l belgilari qo‘yib berildi. Deputatning yordami bilan hal qilingan ushbu muammolar uchun aholi vakillari o‘z minnatdorchiliklarini bildirib o‘tishdi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    746
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+