Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi - farovonlik kaliti

07.01.2022, 11:19

Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi - farovonlik kaliti

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi Jamoatchilik bilan aloqalar va mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi” Farmoni loyihasi yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida partiyaning viloyat Kengashi qoshida tashkil etilgan Faxriylar Kengashi raislari, partiya faollari, jamoat tashkilotlari vakillari hamda yoshlar ishtirok etishdi.  

-Farmon loyihasida qo‘yilgan strategik maqsad va vazifalar mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalari bilan uyg‘undir, - dedi partiyaning Qarshi tumani faxriylar Kengashi raisi Ilhom O’runov. -Endilikda O’zbekistonda yangi marralarni egallash, fuqarolar turmush darajasini yuksaltirish uchun barcha ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlar yuzaga kelmoqda. Taraqqiyot strategiyasining xalq turmush farovonligini oshirish bilan bog‘liq maqsadi yaqin besh yilda ko‘lami keng va ijtimoiy ahamiyati salmoqli bo‘lgan mexanizmlarni ro‘yobga chiqarishni ko‘zda tutgani bilan g‘oyat ahamiyatlidir.

Shuningdek, davra suhbatida partiyaning viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” bo‘limi boshlig‘i Gulbahor To‘rayeva, Qarshi shahar Kengashi apparat rahbari Sobir G’iyosov  va boshqalar so‘zga chiqib, Farmon loyihasi bo‘yicha o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirishdi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    246
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+