Taraqqiyot strategiyasiga partiya faollari o‘z takliflarini bildirishmoqda

08.01.2022, 12:04

Taraqqiyot strategiyasiga partiya faollari o‘z takliflarini bildirishmoqda

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi jamoatchilik bilan aloqalar va mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi tomonidan Kegeyli tumanida Prezidentimizning "Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida"gi Farmoni loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda Taraqqiyot strategiyasida 7 ta ustuvor yo‘nalishlar ilgari surilayotganligi qayd etildi. Farmon loyihasida xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash maqsadida iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektor uchun keng yo‘l ochish maqsadida eksklyuziv huquqlarni bekor qilish va davlat ishtirokidagi kompaniyalarni xususiylashtirish hisobiga 25 dan ortiq faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalar tugatilishi, bunda 2022  yilda – 14 ta, shu jumladan aholi va ijtimoiy soha ob’ektlariga suyultirilgan gaz yetkazib berish, sertifikatlashtirish xizmatlari, 2023-2025 yillarda – 11 ta, shu jumladan neft mahsulotlarini saqlash, temir yo‘llarida tashishda qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish, aerovokzal va vokzal oldi komplekslarini yuritish xizmatlari, qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish va utilizatsiya qilish hamda qayta ishlash xizmati, temir yo‘lda ekspeditorlik xizmatlarida monopoliya tugatilishi belgilanganligi ta’kidlab o‘tildi.

O’zLiDePning asosiy maqsadi ham xususiy sektor va tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Tadbirda partiya faollari mazkur Farmon loyihasi bo‘yicha o‘zlarining taklif va fikrlarini bildirib o‘tdi. Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan barcha maqsad va vazifalar, ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz ravnaqiga va inson qadrini ulug‘lashga xizmat qiladi. Mazkur Farmon loyihasi oid turkum tadbirlar O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, tuman va shahar Kengashlarida, deputatlik guruhlarida, quyi bo‘g‘inlarda, faollarimiz va keng jamoatchilik orasida keng muhokama qilinib, taklif va fikrlari tinglanmoqda.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    245
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+