Taxtako‘pirlik deputat saylovchilarga hisobot berdi
08.01.2022, 12:11

Xalq deputatlari Taxtako‘pir tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Quat Yelmuratov 19-sonli umumta’lim maktabida o‘z saylovchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mutasaddi tashkilot vakillari, mahalla faollari ishtirok etdi. Xalq vakili o‘z saylovchilariga o‘tgan yilda olib borilgan ishlari bo‘yicha hisobot berib o‘tdi. Ayniqsa deputatlik faoliyati davomida saylovchilar muammo va takliflarini tinglash, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilish orqali ularni o‘rganib chiqish va bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bo‘yicha olib borilgan ishlar sarhisob qilindi.
Bundan tashqari uchrashuvda saylovchilarning muammo va takliflari ham tinglandi. Jumladan, saylovchilar tomonidan ishsizlik masalasi, chet elga chiqish uchun fuqarolik pasportini olishda, shuningdek ta’lim kreditini olish bo‘yicha murojaatlar qilindi. Ko‘tarilgan ayrim masalalar bo‘yicha shu yerning o‘zida kerakli tavsiya va ma’lumotlar berilgan bo‘lsa, ayrimlarini deputatlik vakolati doirasida o‘rganib chiqishga va nazoratga olishga kelishib olindi.
Saylovchilar bilan uchrashuvi davomida 2022 yil - "Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili" da qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar ham belgilab olindi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Xorazmda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash borasida qilingan ishlar tahlil qilindi
18.05.2022, 14:57
-
Deputat hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan birgalikda mahalladagi muammolarni o‘rgandi
16.05.2022, 15:33
-
Deputatlar bir guruh ibratli oila sohibalarini rag‘batlantirdi
16.05.2022, 15:31
-
Deputatlik eshituvi: Samarqand tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i yerlarning auksion orqali ajratilishi bo‘yicha hisobot berdi
16.05.2022, 15:28
-
Deputatlik eshituvi: Nurobod hokimining o‘rinbosari yerlarning auksion orqali ajratilishi bo‘yicha hisobot berdi
13.05.2022, 16:49
Fikringizni qoldiring