O`zLiDeP Andijon viloyat Kengashi qoshida Faxriylar Kengashi ish boshladi

08.01.2022, 15:54

O`zLiDeP Andijon viloyat Kengashi qoshida Faxriylar Kengashi ish boshladi

O`zLiDeP Andijon viloyat Kengashi qoshidagi Faxriylar Kengashining ta’sis yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbirda partiya tizimida uzoq yillar mobaynida faoliyat yuritgan, hozirda ham ish olib borayotgan ustoz safdoshlarimiz, shuningdek, davlat boshqaruvi vakillik organlarida ishlab katta mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, sobiq deputatlar, nuroniylar va partiya viloyat Kengashi apparat xodimlari, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Ta’sis yig‘ilishini O`zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi Xalilova Xurshidaxon olib bordi. U o‘z so‘zida yurtimizda yoshi ulug‘ insonlar, mehnat faxriylariga alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatib kelinayotgani,  ularning hayotiy tajribalaridan saboq olish kelajagimiz egalari bo‘lmish yoshlarimizning porloq kelajagini ta’minlashga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

Mazkur tadbirda partiyaning yangi avlodiga o‘rnak sifatida kengash raisi va a’zolari saralab olindi. Ko‘p yillik partiyaviy tajribasi, aholi orasida o‘zining namunali xulqi bilan obro‘-e’tibor qozongan va salohiyatidan kelib chiqib, Manzuraxon Egamova O'zLiDeP Andijon  viloyati kengashi qoshidagi Faxriylar kengashi raisi etib saylandi.

  • Ko'rildi
    446
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+