Tadbirkorlikka qiziquvchan yoshlar ishtirokida mahorat darslari tashkil qilindi

10.01.2022, 12:12

Tadbirkorlikka qiziquvchan yoshlar ishtirokida mahorat darslari tashkil qilindi

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan yoshlarni tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida o‘quv seminar tashkil etildi.

Unda partiya viloyat Kengashi mas’ul xodimlari hamda faol talaba- yoshlar qatnashdi.

– Bu kabi seminarlar yoshlarning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy savodxonligini oshirishda yaxshi samara beradi, – deydi O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Shuhratbek Bozorov. –Chunki seminar davomida ishtirokchilarga nafaqat bu boradagi ko‘nikmalarni shakllantirish, safdoshlar sonini oshirish, tadbirkorlikda qulay muhit yaratishda e’tiborli mezonlarni hisobga olish borasida bilimlar berildi. Mamlakatda yangi qabul qilinayotgan qonun va qarorlar ijrosi yuzasidan ham fikr almashildi.

Seminarda “Yoshlar qanoti” guruhi rahbari, yosh tadbirkor Ulug‘bek Qobiljonov tomonidan interaktiv usulda olib borilgan mahorat darsi tadbir ishtirokchilarida yanada qiziqish uyg‘otdi.

O’quv seminari savol javoblar, qizg‘in munozaralarga boy tarzda  o‘tdi.

  • Ko'rildi
    221
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+