Andijonda O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” faoliyati tahlil qilindi

10.01.2022, 12:13

Andijonda O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” faoliyati tahlil qilindi

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti  a’zolari ishtirokida “ Yoshlar qanoti” faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

 Unda so‘z olganlar keyingi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va imkoniyatlar xususida fikr yuritdilar.  Jumladan, vatanparvarlik, milliy an’ana va inson qadrini ulug‘lash,  ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida muayyan ishlar amalga oshirilayotganini aytib, bu jarayonda  O‘zLiDeP ning o‘rni va roli haqida ma’lumotlar berildi.

 Shuningdek, tadbir davomida “Yoshlar parlamenti” a’zolari tomonidan o‘tgan yil davomida qilingan ishlar va amaliy natijalar borasida hisobotlari tinglandi.

–Bugun partiyamiz viloyat Kengashi tarkibida yoshlar soni 37 ming 400 nafardan oshdi, – deydi O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi apparat rahbari Xojimuhammad Xasanxonov. – Yoshlarning intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z imkoniyat va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun sharoit yaratish faoliyatimizning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Qizg‘in baxs-munozaraga boy tarzda o‘tgan davra suhbati yakunida  yoshlarni siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirishda “Yoshlar parlamenti”ning ham o‘rni beqiyos ekanligi ta’kidlandi va  yangi 2022 yilda qilinishi kerak bo‘lgan ustuvor vazifalar xususida kelishib olindi.

  • Ko'rildi
    536
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+