Yoshlarda Vatan taqdiri uchun yuksak mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishga biz ham hissa qo‘shishimiz kerak

10.01.2022, 15:35

Yoshlarda Vatan taqdiri uchun yuksak mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishga biz ham hissa qo‘shishimiz kerak

Tinchlik, xotirjamlik barqaror mamlakatdagina har jihatdan o‘sish, rivojlanish bo‘ladi, buyuk maqsadlar, orzular ro‘yobga chiqadi. Shu ma’noda davlatimiz rahbarining  mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik ta’minlanishi, mudofaa salohiyatimiz oshishiga juda katta e’tibor qaratayotgani alohida e’tiborga molik. Keyingi besh yilda amalga oshirilayotgan chuqur o‘zgarishlar natijasida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari jamiyatimizning ajralmas bir qismiga, mamlakatimiz barqarorligi va taraqqiyotining kafolatiga, harbiy xizmatchilar va yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim institutiga aylanyapti.

Ana shu ijobiy jarayonda mudofaa tizimining mukammal tayyorgarlikka ega, malakali kadrlar bilan uzluksiz ta’minlanishi beqiyos ahamiyatga ega.

Yaqinda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishib, xususan, Temurbeklar maktabiga ham tashrif buyurdi.  Prezidentimizga harbiy-akademik litseydagi o‘qitish tizimi haqida ma’lumot berildi. Shu yerda videokonferensiya orqali Toshkent, Nukus, Farg‘ona va Shahrisabz shaharlaridagi Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan ham muloqot bo‘ldi.

Prezidentimizning mazkur tizimga ulkan e’tibor qaratayotgani barchamiz uchun ibratlidir. Biz – partiya faollari fuqarolarda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada yuksaltirish,  yoshlarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga hissa qo‘shish uchun tegishli targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirishimiz zarur.

Jamshid Jalolov,

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi

yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    337
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+