Taraqqiyot strategiyasida mahallaning “faol” modelini joriy etish bo‘yicha qanday ustuvor vazifalar belgilanmoqda?

10.01.2022, 16:06

Taraqqiyot strategiyasida mahallaning “faol” modelini joriy etish bo‘yicha qanday ustuvor vazifalar belgilanmoqda?

Yangi O’zbekistonda mahalla tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa  davlatimiz rahbarining alohida e’tibori, g‘amxo‘rligi natijasida mamlakatimizda Mahalla instituti keyingi yillarda xalqchil tizim sifatida takomillashtirilib, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardagi  faolligi  va jamiyatimiz hayotida  mustahkam  o‘rin egallab kelmoqda. 

Keyingi  yillarda  aholining dardu va tashvishlarini tinglash, ular bilan tizimli ishlash borasida “mahallabay”, “fuqaroboy” xonadonma-xonadon yurish, ular bilan muloqot qilish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ro‘yxatida turgan aholi bilan tizimli ishlash borasida  bir qator samarali ishlar  amalga oshirildi.  Ayniqsa,  2021 yil 3 dekabrda qabul qilingan Prezident Farmoniga muvofiq, mahallalarda ish olib boruvchi hokim yordamchisiga katta vakolatlar va majburiyatlar  yuklangan.  Mazkur  lavozimlarning ta’sis etilganligi joylarda tadbirkorlikni  rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, shu orqali yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mahalla tizimidagi ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida davlatimiz rahbarining "Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida"gi Farmoni loyihasida ham o‘z aksini topgan. Prezident farmoni  loyihasida Taraqqiyot strategiyasida 7 ta ustuvor yo‘nalishlar ilgari surilmoqda. Loyihada mahallaning “faol” modelini joriy etish va joriy yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da bir qator ustuvor vazifalarni amalga oshirish ham belgilangan. Jumladan, barcha darajadagi rahbarlar pastga tushib, o‘z yo‘nalishi  bo‘yicha  mahallalardagi  muammolarni  o‘rganishi va ularga yechim topishi tartibi joriy etilib, mahalladagi ishlarning ahvoli vazirlik, idora va hokimliklar faoliyatini baholashning bosh mezoni sifatida belgilanmoqda. Mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakolatlari kengaytirilib, ushbu maqsadda mahallaning alohida jamg‘armasini tashkil etish amaliyoti va fuqarolar tomonidan mahalla raisiga nisbatan ishonchsizlik bildirish instituti joriy etilishi belgilangan.

Muxtasar  qilib aytganda, Farmonning qabul qilinishi natijasida kelgusi yillarda 7 ta ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha belgilab berilgan maqsad va vazifalar, jumladan mahallaning “faol” modelini joriy etish borasida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz ravnaqiga va aholining farovonligini mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Sharapat O’temisov,

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi apparat rahbari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O’zLiDeP fraksiyasi rahbari

  • Ko'rildi
    173
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+