Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga andijonlik partiya faollarimiz ham takliflar berishdi

11.01.2022, 15:49

Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga andijonlik partiya faollarimiz ham takliflar berishdi

Bugun Yangi O’zbekiston “Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat” degan muhim g‘oya negizida barpo etilmoqda. Prezidentimiz belgilab bergan bu ulug‘vor maqsad asosida xalqimiz yangidan-yangi islohotlarning haqiqiy muallifiga aylanib bormoqda. Shu ma’noda O'zLiDeP Andijon viloyat kengashi tomonidan “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida keyingi besh yillikda mamlakatimizda amalga oshiriladigan islohotlarning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslarini yaratib berishga qaratilgan “Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. 

O'zLiDeP Andijon viloyat kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova o‘z so‘zida bir g‘oya va maqsad atrofida jipslashib kelayotgan O'zLiDePning  siyosiy kuch sifatida faoliyatiga, ayniqsa o‘tgan besh yil mobaynida Harakatlar strategiyasi doirasida  belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida qilingan ishlarni hayotiy misollar bilan qayd etar ekan, uning davomi sifatida “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosida oldimizda turgan ustuvor vazifalarga ahamiyat qaratish kerakligini alohida ta’kidladi.

-Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi yetti yo‘nalishdan iborat etib belgilanganligi e’tiborga molik, - deydi O'zLiDeP faoli, tadbirkor Rustamjon Mamtaliyev.  - Davlatimiz rahbari mazkur raqamni baxt-saodat va omad keltiradigan, ezgu niyatni ro‘yobga chiqaradigan xosiyatli timsol sifatida baholaydilar. Mazkur  farmonda “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosiy g‘oya va bosh mezon sifatida belgilangan hamda “inson – jamiyat – davlat” degan yangi tamoyil faoliyatining asosi hisoblanadi.

Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi mamlakatimiz rivojining muhim fundamental asoslarini o‘zida qamrab olgan bo‘lib, faoliyatimizning ustuvor vazifalarini belgilab beradi. Xalqaro hamjamiyatdagi davlatimiz mavqe’i va obro‘sini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Muhokamalar jarayonida partiya faollari Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga o‘z takliflarini bildirib o‘tishdi.

O'zLiDeP Andijon viloyat kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    225
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+