Karmanalik deputat yangi yildagi ilk faoliyatini ko‘chalarni ta’mirlashdan boshladi
11.01.2022, 16:20

Xalq deputatlari Karmana tuman Kengashi deputati H.Aktamov yangi yildagi ilk faoliyatini saylovoldi va’dasini bajarishdan boshladi.
Tuman hududida joylashgan “Ayronchi” mahallasida istiqomat qilib kelayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olar ekan, “Temirshayx” va “Firdavs”, “Yoshlik” ko‘chalarining nosozligi, bu ko‘chalardan o‘tib, maktabga qatnovchi bolalarning loy bosib o‘quv muassasasiga borayotganiga o‘zi ham guvoh bo‘ldi.
“Inson qadri uchun” shiorini xalq ishonchiday ulug‘ mas’uliyat bilan balandga ko‘tarishni maqsad qilgan deputat tezlik bilan qaror qabul qilib, shaxsiy mablag‘idan o‘zi saylangan mahalla ko‘chalarini ta’mirlashga kirishdi. 40 mashina tuprog‘u tosh keltirtirib to‘ktirdi.
Maxsus trasnportlar jalb qilinib, yo‘llarni tekislash, shag‘al to‘kish ishlari boshlab yuborildi. 700 metrlik “Firdavs” ko‘chasi, 1 kilometrlik “Temirshayx” ko‘chalarida tosh tashuvchi mashinalar kechayu-kunduz ishladi.
Amalga oshirilayotgan xolis xizmat mahalladagi yoshu qarining qalbida fidoyilik tuyg‘usini jonlantirdi. Mahalla ahli, faollari va mutasaddilari ham bir chekkada qarab turmay, tosh yotqizish ishlariga qarashishga tushishdi.
Deputat yaxshi ishlarning boshida tursa, el koriga yarasa xalqning olqishiga sazovor bo‘ladi. Buning haqiqatini esa “Ayronchi”da yashovchilarning shu kunlardagi gurunglaridan bilsa bo‘ladi.
O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar beriladi
27.01.2023, 18:14
-
Deputatlar faoliyatini jonlantirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi
27.01.2023, 18:11
-
Deputat tashabbusi bilan beton stolbalar o‘rnatilib, elektr simlari tortildi
24.01.2023, 14:22
-
Deputatlar sayyor qabulida 8 ta murojaat joyida hal qilindi
23.01.2023, 14:11
-
Xalq vakili poytaxtlik saylovchilar bilan uyma-uy yurib muloqot qildi
20.01.2023, 15:58
Fikringizni qoldiring