Taraqqiyot strategiyasi loyihasi korxona ishchi yoshlari orasida ham muhokama qilindi
11.01.2022, 16:21

Ellikqal’a tumanidagi "BO'STON MEGA TEKSTIL" MChJ kalava ipi, djinsi va yumshoq sochiq mahsulotlari ishlab chiqarib, eksport ham qilinmoqda. Hozirda korxonada 850 nafar ishchi xodimlar doimii ish bilan band.
O’tgan yilning o‘zida 4111 tonna kalava ipi va 60 ming p/m djinsi va yumshoq sochiq mahsulotlari ishlab chiqarildi, shundan 2931,1 tonna kalava ipi va yumshoq sochiq mahsulotlari, qiymati 7581 ming AQSh dollariga teng mahsulot Rossiya, Xitoy, Turkiya, Azarbayjan, Ukraina davlatlariga eksport qilindi.
O’zLiDeP Ellikqal’a tuman Kengashi apparat rahbari Dilbar Sharipova, Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Ergash Allabergenov mazkur korxonada faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan muloqot qilish maqsadida ular bilan uchrashdi.
Xalq vakili yoshlarga mamlakatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, joriy yilning “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” da amalga oshiriladigan davlat dasturi va “Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezidentimizning Farmon loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirib o‘tdi.
Mazkur Farmon loyihasi 7 ta ustuvor yo‘nalishdan iborat bo‘lib, unda jami 94 ta maqsadli vazifalar qamrab olingan hamda kelgusi 2022-2026 yillar davomida mamlakatimizdagi deyarli barcha sohalarni har tomonloma isloh qilish va yanada rivojlantirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar belgilanganligini ta’kidlab o‘tdi.
Deputat korxonadagi yoshlar bilan ochiq muloqot qilar ekan, yoshlar orasida kitobxonlikni yanada rivojlantirish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini yanada orttirish maqsadida kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida Jizzaxdagi “Sambhram” universitetida uchrashuv tashkil etildi
16.05.2022, 15:24
-
Moliya institutining 20 nafar talaba yoshlari partiyaning istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi
13.05.2022, 16:55
-
“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida 15 nafar talaba yoshlar partiya safiga qabul qilindi
13.05.2022, 16:46
-
Qoraqalpoq talaba yoshlari partiyaning kadrlar zaxirasiga olindi
13.05.2022, 16:41
-
Kitob – ma’naviyat beshigi
12.05.2022, 17:55
Fikringizni qoldiring