Farmon loyihasi muhokamasida partiya quyi bo‘g‘inlari ham faol ishtirok etmoqda
11.01.2022, 16:24

Barcha tashkilotlarda bo‘lgani kabi O’zLiDeP Toyloq tuman Kengashi quyi bo‘g‘inlarida ham Prezidentimizning “Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi yuzasidan davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Jumladan, shunday davra suhbatlaridan biri tuman xalq ta’limi bo‘limi qoshidagi partiya boshlang‘ich tashkilotida tashkil etildi.
Hozirgi kunda 500 dan ortiq partiya a’zolirini birlashtirgan bu bo‘g‘inda faol pedagoglar, oliy toifali ustoz murabbiylar faoliyat yuritishadi.
“Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida keyingi besh yillikda mamlakatimizda amalga oshiriladigan islohotlarning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslarini yaratib berishga qaratilgan, - deydi O’zLiDeP Toyloq tuman Kengashi raisi Z.Avazov
Farmon loyihasida Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishida 55 ta chora-tadbir belgilan bo‘lib, unga ko‘ra maktabgacha ta’limning qamrov darajasini 67 foizdan 80 foizga yetkazish, nodavlat bog‘chalarga va maktablarga farzandini yuborayotgan ota-onalarning 3 mln so‘mgacha to‘lovlarini daromad solig‘idan ozod etilishi hamda maktablarni rivojlantirish milliy dasturini joriy etish orqali xalq ta’limi tizimida qo‘shimcha 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratish hamda darsliklarni yangilash uchun Davlat budjetidan 605 mlrd so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgani qo‘yilgan maqsadga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir yakunida faol a’zolarimiz loyihani qo‘llab-quvvatlagan holda, elektorat manfaatlarini inobatga olib, muhokamalarda takliflar bildirib o‘tishdi.
Kamola Axmedjanova,
O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi
BPT lar bilan ishlash guruhi rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Karmanalik 103 yoshli onaxon partiya a’zosi bo‘ldi
11.05.2022, 15:20
-
Tibbiyot xodimlarining 12 nafari partiya safiga qo‘shildi
07.05.2022, 14:47
-
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi qoshidagi BPT faoliyati sarhisob qilindi
27.04.2022, 16:17
-
Qiziltepada faoliyat boshlagan uy bog‘chada BPT tashkil qilindi
25.04.2022, 15:20
-
Targ‘ibot natijasida korxonaning 50 nafar ishchi xodimlari partiyaga a’zo bo‘ldi
21.04.2022, 14:46
Fikringizni qoldiring