Vatanga xizmat – oliy saodat

12.01.2022, 12:31

Vatanga xizmat – oliy saodat

Yurtimizda Vatan himoyasidek sharafli shu bilan birga muqaddas ishga o‘zini baxshida etgan harbiylarimiz ardoqlanib, har yili 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni katta bayram va shodiyona bilan o‘tkaziladi.

Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, ushbu qutlug‘ ayyom tom ma’nodagi umumxalq bayramiga, azaldan xalqimizga xos bo‘lgan vatanparvarlik, mardlik va jasurlik kabi yuksak fazilatlar timsoliga aylanib bormoqda.

O’zLiDeP Zangiota tuman Kengashi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli 71186-sonli harbiy qismda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatanga xizmat – oliy saodat” mavzusida tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda mahalliy Kengashdagi partiya deputatlari, harbiy qismning ofitser, serjant va oddiy askarlardan iborat shaxsiy tarkib vakillari ishtirok etishdi.

O’zLiDeP Zangiota tuman Kengashi apparat rahbari Davron Tulyanov, mahalliy Kengashdagi partiya deputati Ilhom Ikromovlar so‘zga chiqishib, tadbir qatnashchilarini sana munosabati bilan muborakbod etishdi.

So‘zga chiqqanlar O’zLiDeP mas’uliyatli kasb egalarining Vatan oldidagi xizmatlarini yuqori baholab, ularni e’tirof etishini ta’kidlashdi.

Tadbir yakunida harbiy qismda namunali xizmat faoliyatini olib borayotgan bir qator xizmatchilarga partiya tuman Kengashining esdalik saovg‘alari taqdim etildi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

Jamoatchilik bilan aloqalar va

mafkuraviy ishlar bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    1233
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+