Deputat payariqlik yoshlardan taraqqiyot strategiyasi loyihasiga takliflar oldi

12.01.2022, 12:38

Deputat payariqlik yoshlardan taraqqiyot strategiyasi loyihasiga takliflar oldi

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan Payariq tumanida deputat va  faol yoshlarning amaliy muloqoti tashkil etildi.

Partiyaning viloyat va Payariq tuman Kengashlari xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari hamda tumandagi faol yoshlar ishtirok etgan ushbu tadbirda partiyaning yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, xususan “Yoshlar qanoti” guruhi faoliyatini yanada jonlantirish, guruh a’zolari tarkibiga shijoatli, yangicha fikrlaydigan, tashabbuskor yoshlarni jalb etish, partiyaning yoshlar yo‘nalishidagi amaliy tadbirlari va loyihalarini tumanda samarali tashkil etish, shuningdek yoshlarning deputatlar bilan yaqin hamkorligini kuchaytirish borasidagi qator masalalar muhokama qilindi.

Muloqotda “Yoshlar qanoti” guruhi a’zolari va tuman Kengashi deputatlarining hamkorlikdagi faoliyatini kuchaytirish borasida qator takliflar bildirildi. Xusasan, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlariga yoshlar qanoti a’zolarini biriktirish orqali ularning yanada siyosiy faolligini oshirish, alohida faollik ko‘rsatgan yoshlarni partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga olish, kelgusi deputatlik saylovlarida deputatlikka nomzod sifatida ko‘rsatish takliflari bildirildi.   

Shuningdek, tadbirda 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining yangi loyihasi yoshlar o‘rtasida keng muhokama qilindi.

Ayniqsa, Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish yo‘nalishida quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan chora-tadbirlarga keng e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida O’zLiDeP Payariq tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhi rahbarligiga partiya faoli Toshbekov Islom Salaydinovich saylandi.                                               

Qodir Shoyimov,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    292
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+