Taraqqiyot strategiyasi: kelgusi besh yillikda ayollar orasidagi ishsizlik darajasi 2 marta kamaytiriladi

12.01.2022, 12:42

Taraqqiyot strategiyasi: kelgusi besh yillikda ayollar orasidagi ishsizlik darajasi 2 marta kamaytiriladi

O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari hamda mahalla faollari ishtirokida Prezidentimizning “Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi muhokamasi yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda yetti yo‘nalishdan iborat Taraqqiyot strategiyasining barcha yo‘nalishlari aholi farovonligi, inson qadrini ulug‘lash g‘oyasi mujassam ekanligi alohida ta’kidlanib, Taraqqiyot strategiyasida kelgusi besh yillikdagi barcha sohalarni yangi bosqichga olib chiqish, xususan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, sud-huquq, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, tashqi siyosat borasida qator yangi marralarni zabt etish ko‘zda tutilganligi qayd etildi.

Taraqqiyot strategiyasi loyihasida ayollar orasidagi ishsizlik darajasini 2 marta kamaytirish, 700 mingdan ziyod ishsiz xotin-qizlarni davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitish, ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tulilmoqda.

Shuningdek, tadbir davomida “Ayollar daftari” bo‘yicha mahalalardagi kam ta’minlangan oilalar, xotin-qizlar bilan ishlashning axvoli yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi va Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga O'zLiDeP yo‘nalishi va g‘oyalaridan kelib chiqib, avvalo aholi va partiya elektorati manfaatlariga xizmat qiladigan bir qator takliflar bildirildi.

  • Ko'rildi
    309
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+