Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 30 yilligi keng miqyosda nishonlanmoqda

13.01.2022, 11:18

Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 30 yilligi keng miqyosda nishonlanmoqda

O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni Andijon  viloyatida ham keng nishonlanmoqda.

Ayniqsa, vatanparvarlik oyligi doirasida joylarda ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Izboskan tumanidagi “Chegara qo‘shinlariga qarashli 9251-sonli Harbiy qismda tashkil qilindi.

Tadbirda so‘z olgan O‘zLiDeP Andijon viloyat kengashi bo‘lim mudirlari X.Tilavoldiyev hamda M.Umurzaqovalar barchani O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etdi.

“To‘g‘risi, partiya vakillari va deputatlarning bunday e’tiboridan juda quvondik, – deydi 9251-son harbiy qism harbiy xizmatchisi, kapitan Dilshodbek Akbaraliyev. – Albatta, mehnatimizning qadr topayotgani nishonasi bu. O‘zLiDeP doim birinchi bo‘lgan. Bundan keyin ham yetakchilikni qo‘ldan bermasligiga ishonamiz. Biz ham o‘z o‘rnida doimiy hamkorlikka tayyormiz”.

O‘zLiDeP Andijon viloyat kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    579
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+